“Barselona” futbolchilardan ish haqini kamaytirishni so‘ramoqda
Sport
−
06 Oktabr 2020
5109"Barselona" koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda "Cadena Ser" ma’lumot berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra jamoaning yo‘qotishlari 97 million yevroni tashkil qilgan.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Kataloniya klubi rahbariyati futbolchilardan ish haqini kamaytirishni so‘ramoqda.
La Liganing o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra "Barselona" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallagan. Ispaniyadagi joriy chempionatda yetti ochko to‘plagan jamoa beshinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, "Barselona" La Liga 6 tur doirasida "Xetafe" bilan o‘ynaydi. O‘yin 18 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
25 oktyabr kuni esa Madridning "Real" klubiga qarshi "El Klasiko" o‘tkaziladi.