“Barselona” Flikni ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi moliyaviy muammolar tufayli yangi murabbiylar shtabini ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

29 may kuni kataloniyaliklar germaniyalik Xans-Diter Flikni bosh murabbiy deb e’lon qildi, biroq klub hozircha yangi murabbiy va uning shtabini ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti. Buning sababi – ish haqi. Klub birinchi navbatda biror futbolchisini sotib, pul topishi kerak.

Shuningdek, La Liganing so‘nggi mavsumida “Barselona” safida to‘p surgan futbolchilarning hammasi ham keyingi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tmagan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” ortda qolgan mavsum Ispaniya chempionatini 2-o‘rinda yakunlab, Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. La Ligada chempionlik esa Madridning “Real” klubiga nasib etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xans-Diter Flik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing