“Barselona” “El-Klasiko”da yubiley g‘alabaga erishdi

Sport

image

Ispaniya La Ligasining navbatdagi turi doirasida “Barselona” “Real”ni mag‘lub etdi. Shu tariqa, “ko‘k-anorranglilar” “El-Klasiko” uchrashuvlari tarixidagi 100-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubi “Real”ga qarshi bahslarda 101 marta mag‘lub bo‘lgan, 52 uchrashuv durang bilan yakunlangan.

20 martga o‘tar kechasi La liganing 26-tur o‘yinida “Barselona” o‘z maydonida “Real”ni qabul qildi. Bosh hakam Rikardo De Burgos boshqarib borgan o‘yinda hal qiluvchi gol yarim himoyachi Frank Kessi tomonidan kiritildi. Uchrashuv “ko‘k-anorranglilar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Keyingi turda “Barselona” “Elche” (1 aprel), “Real” esa “Valyadolid (2 aprel) bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing