“Barselona” Dubayda hashamatli turarjoy majmuasi quradi – OAV

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi Dubay shahrida “Barsa” brendi ostida hashamatli turarjoy majmuasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Catalunya Ràdio” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, loyiha turarjoy binolari, jamoat hududlari, suzish havzalari hamda zarur xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan mini-shahar barpo etishni nazarda tutadi. Majmua klub brendi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, “Barselona” ramziyligi asosida futbol doirasidan tashqariga chiqadigan, o‘ziga xos turmush tarzini shakllantirishga qaratiladi.

Ta’kidlanishicha, klub kelishuv doirasida allaqachon dastlabki to‘lovni olgan. Biroq, loyiha bo‘yicha rasmiy e’lon hali berilmagan, chunki tashabbus Delegatlar Assambleyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.

Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan mazkur loyiha boshqa yevropalik klublar va yirik global brendlarning shunga o‘xshash strategiyalarini eslatadi. Bu tashabbus Joan Laporta boshchiligidagi klub rahbariyatining yangi daromad manbalarini izlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadami sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, 2025 yil dekabr oyida “Barselona” prezidenti Dubayda bo‘lib o‘tgan “Globe Soccer Awards” mukofotini topshirish marosimida ishtirok etgan edi. OAV ushbu tashrif chog‘ida muhim muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay “Barselona” Joan Laporta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing