“Barselona” darvozaboni Joan Garsiya jarohat olib safdan chiqdi

Sport

image

“Barselona” jamoasining asosiy tarkib darvozaboni Joan Garsiya tizzasidan olgan jarohati sababli taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

25 yoshli darvozabon La Liga doirasida “Rasing”ga qarshi o‘tkazilgan va 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda jarohat olgandi.
Birinchi bo‘lim yakunida Garsiya to‘p ortidan harakatlangan paytda sun’iy maydonning nam qismida sirpanib ketgan. Darvozabon tanaffusdan keyin maydonga qaytmagan va uning o‘rniga Voysex Shensniy tushgan.

Tekshiruvlar natijasida Garsiyaning o‘ng tizzasida menisk yorilishi aniqlangan. Futbolchiga jarrohlik amaliyoti talab etilmaydi, ammo uning tiklanishi taxminan uch hafta davom etishi kutilmoqda.

Shu sababli, Garsiya Ispaniya chempionati doirasida “Sevilya”ga qarshi bo‘lajak uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Darvozabon joriy yilning 10 oktyabr kuni “Xetafe”ga qarshi bahsda maydonga qaytishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, Joan Garsiya joriy mavsumni “Barselona”ning asosiy darvozaboni sifatida barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda maydonga tushayotgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing