“Barselona”da ekanligimdan baxtliman – Obameyang
Sport
−
22 fevral 2022 2440 2 daqiqa
Qishki transferlar vaqtida “Barselona” safiga kelib qo‘shilgan Per-Emerik Obameyang “Kamp Nou”da ekanligidan juda xursand. Bu haqda u “Barselona” safida “Atletiko”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi haqida fikr bildirib, aytib o‘tdi.
“Bu aql bovar qilmaydigan manzara edi. Tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘lganimizda, bu stadionda o‘ynash aql bovar qilmaydigan darajada hayajonli ekanligini tushundim. Men juda xursand bo‘ldim, hammasi kutganimdan ko‘ra, ajoyib boshlangandi. “Barselona” bilan ekanligimdan baxtliman”, degan Obameyang.
Bu mavsumda “Barselona”dagi iqtisodiy muammolar tufayli Obameyang juda kam maosh olyapti. Shunga qaramasdan, Per-Emerik “ko‘k anorranglilar” safiga qo‘shilganidan afsusda emas. “Barselona”da to‘p surish imkonyati hayotida bir marta bo‘lishi va buni qo‘ldan chiqarolmasligini aytgan.
“Hozirda maosh haqida o‘ylamayapman. Men “Barselona”ni buyuk klub deb bilaman, bu yerda o‘ynashni juda ham xohlardim. Bunday imkoniyat umrimda bir marta bo‘ladi. Nihoyat, menda shunday imkoniyat paydo bo‘lganida, men uni qo‘ldan chiqara olmas edim”, degan gabonlik hujumchi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy mavsum oxirigacha gabonlik haftasiga 5000 yevro oladi. Ammo yangi mavsum boshlanishi bilan Obameyang ko‘proq haq olishi kutilmoqda.
Odinroq, Per-Emerik Obameyang “Barselona” “Valensiya”ni 4 – 1 hisobida mag‘lub etgan o‘yinda, xet-trik qayd etib, XXI asrda La Liga, APL, Bundesliga va Liga 1 da 3 ta gol urishga erishgan birinchi futbolchiga aylangandi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr