“Barselona” “Chelsi” sardorini tekinga qo‘lga kiritdi 

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi sardori Sesar Aspilikueta joriy yil yozda “Barselona”ga o‘tadi. 

“El Chiringuito” telekanalining xabariga ko‘ra, 32 yoshli ispaniyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” bilan yana bir mavsumga uzaytirish sharti bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Transfer Aspilikuetaning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi tugashi bilanoq amalga oshiriladi.

32 yoshli Aspilikueta joriy mavsum “Chelsi” safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2013 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi chaqiriladi va 27 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan. 

Ma’lumot uchun, Sesar 2012 yilda londonliklar bilan shartnoma imzolagan. Shuningdek “Marsel” va “Osasuna” jamoalari sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Barselona Aspilikueta

Baholaganlar

325

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing