“Barselona” “Chelsi” sardoriga shartnoma taklif qildi
Sport
−
01 mart 2022
2760"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Romanoga ko‘ra, kataloniyaliklar Aspilikuetaga yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasi taklif qilgan. Futbolchining o‘zi esa, hali bir qarorga kelganicha yo‘q.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli ispaniyalik himoyachi joriy mavsumda "Chelsi" bilan APL ning 17 ta o‘yinida maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sesarning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.+
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi