“Barselona” “Arsenal” futbolchisini tekinga qo‘lga kiritishi mumkin

Sport

image

“Barselona” rahbariyati  Londonning “Arsenal” klubi chap qanot himoyachisi Nacho Monrealni yozda Kataloniyaga ko‘chirib olib kelishi mumkin. Mavsum so‘ngida “konanirlar” bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga yetadigan futbolchini bepul olishni ko‘zlayotgan katalonlar uni Xordi Alba uchun munosib o‘rinbosar bo‘la oladi deb hisoblashmoqda.

Ma’lumot uchun 33 yoshli ispaniyalik futolchi 2013 yilda “Malaga”dan “Arsenal”ga ko‘chib o‘tgan edi. Ortda qolgan yillar davomida u londonliklar libosida jami 227 ta o‘yin o‘tkazgan. Joriy mavsumda himoyachi apl doirasida 15 ta bahsda maydonga tushib, 1 gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Arsenal Nacho Monreal

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing