“Barselona” angliyalik himoyachini kuzatmoqda

Sport

image

“Barselona” futbolchisi Inigo Martines “Al-Nasr”ga o‘tganidan so‘ng yangi markaziy himoyachi izlashni boshlagan. Klub “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexini jiddiy ravishda kuzatmoqda. Bu haqda jurnalist Adria Albetsga tayinib, “Footboom” nashri xabar berdi.

Kataloniyaliklar futbolchining mahoratini yuqori baholagan. Uning shartnomasi 2026 yilda yakunlanishi esa yanvar oyida muzokara boshlashni osonlashtirishi mumkin. Angliyalik himoyachi uchun “Barselona”dan tashqari “Liverpul” va “Bavariya” ham kurash olib bormoqda.
 
Manbalarga ko‘ra, futbolchi o‘z kelajagini qayta ko‘rib chiqmoqchi va barcha variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor. Gexi yakuniy qarorni kelasi yozda qabul qilishni rejalashtirmoqda va chet el variantlarini jiddiy ko‘rib chiqmoqchi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Bavariya” futbolchi vakillari bilan dastlabki suhbatlarda sezilarli ustunlikka erishgan.

Ma’lumot uchun, Gexi 2021 yilda “Chelsi”dan “Kristal Pelas”ga o‘tgan va o‘sha paytdan beri Premer-liganing eng barqaror va ishonchli himoyachilaridan biriga aylangan. U joriy mavsumda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” markaziy himoyachi Mark Gexi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar