“Barselona” Alvares bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
29 may 809 1 daqiqa
“Barselona” “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares bilan shartnoma borasida shaxsiy kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Sesar Luis Merlo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati hozirda Madrid jamoasiga rasmiy taklif tayyorlamoqda. Biroq “matraschilar” o‘z futbolchilarini kelishuvga qo‘shish niyatida emas va transferni pul kompensatsiyasi orqali hal qilishni rejalashtirmoqda. “Atletiko Madrid” argentinalik futbolchini taxminan 150 million yevroga sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xulian Alvares bir necha oy avval “Atletiko”ning yangi shartnoma taklifini rad etgan va klub rahbariyatiga jamoani tark etish istagini bildirgan. “Barselona” esa hozirda futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va yaqin vaqt ichida “Atletiko”ga rasmiy taklif jo‘natadi.
Ma’lumot uchun, Alvares 2024 yilning yozida “Manchester Siti”dan transfer qilinganidan so‘ng Madrid klubiga qo‘shilgan edi. Ushbu mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Live
Barchasi