“Barselona” afsonasi 9 yilga qamalishi mumkin

Sport

image

Barselona prokuraturasi zo‘ravonlikda ayblanayotgan Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alvesga 9 yillik qamoq jazosini so‘radi. Bu haqda “El Periodico” xabar berdi.

Joriy yilning yanvar oyi boshida ismi oshkor etilmagan ayol Alvesga qarshi politsiyaga ariza bergan. Ayol Alvesni jinsiy zo‘ravonlikda ayblamoqda. Futbolchi o‘z aybini tan oldi. 20 yanvar kuni Barselona sudi Alvesga nisbatan qamoq ehtiyot chorasini qo‘lladi va uni garov evaziga qo‘yib yuborishdan bosh tortdi. 

Hozirda prokuratura qamoq muddatidan tashqari Alves jabrlanuvchiga 150 ming yevro miqdorida tovon puli to‘lashini talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Alves “Barselona” tarkibida olti karra Ispaniya chempioni, to‘rt karra Ispaniya kubogi va Superkubogi g‘olibi va uch karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u “Sevilya”, “Yuventus”, “Pari Sen-Jermen” hamda Braziliyaning “Baiya” va “San-Paulu” jamoalarida o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Dani Alves

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing