“Barselona” 3-marta Kanselu bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
09:34 424 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi uchinchi bor portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu futbolchisi sifatida tanishtirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Joau Kanselu va “Barselona” 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan uch yillik shartnoma imzolagan. Futbolchi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Kanselu 2026 yil yanvar oyida mavsum oxiriga qadar “Barselona”ga ijaraga berilgan edi. 32 yoshli himoyachi 2023-2024 yilgi mavsumda ham kataloniyaliklar safida o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi “Barselona” tarkibida barcha musobaqalarda 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. Kanseluning “Al-Hilol” bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qilishi kerak edi. Biroq ikki tomon kelishuviga ko‘ra, shartnoma bekor qilgan.
Live
Barchasi