“Barselona” 2003/04 yilgi mavsumdan beri birinchi marta YeCHL pley-offiga chiqolmadi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi, hal qiluvchi, turida Ispaniyaning “Barselona” klubi Germanining “Bavariya”siga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ushbu o‘yinda “Barsa” darvozasini Tomas Myuller (34-daqiqada), Leroy Zane (43) va Jamal Musiala (62) ishg‘ol etdi.

“E” guruhining yana bir uchrashuvida Portugaliyaning “Benfika” jamoasi o‘z maydonida Kiyevning “Dinamo”sini qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Oltinchi daqiqada “Dinamo” darvozasiga golni ushbu jamoaning sobiq futbolchisi Roman Yaremchuk, 22-daqiqada Moraes Gilberto kiritdi.

Natijada, “Bavariya” olti o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 18 ochko to‘pladi va guruhda birinchi o‘rindan YeCHL pley-off bosqichiga yo‘l oldi. “Benfika” ikkinchi o‘rindan turnirning bahorgi bosqichiga yo‘l oldi - 8 ochko. “Barselona” 7 ochko jamg‘arib, yevrokubok yo‘lini Yevropa Ligasida davom ettiradi, “Dinamo” (1 ochko) yevrokuboklarni tark etdi.

Shu tariqa, “Barselona” 2003/04 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ishtirokchilari qatoriga kirmadi. O‘sha mavsumda jamoa Yevropaning asosiy klub turnirida umuman ishtirok etmagan. O‘shandan beri “Barselona” 4 marta Chempionlar ligasida, UEFA Superkubogida va uchtadan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona EChL Bavariya

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing