“Barselona” 17 yoshli futbolchisiga 500 million yevro tovon puli belgiladi
Sport
−
26 Sentabr
2220“Barselona” yarim himoyachi Mark Bernal bilan yangi shartnoma uchun hujjatlarni tayyorlashni boshladi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma 2029 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Yangi tovon puli 500 million yevroni tashkil qiladi. “Barselona” Bernalga bu mavsum uchun yangi shartnoma va kelajakdagi belgilangan maoshning bir qismi sifatida to‘lanadigan bonuslarni va’da qildi.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 17 yoshli Mark Bernal 3 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchi hozircha samarali harakatlar ko‘rsatmadi. U Ispaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yinda (2:1) jarohat olgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” La Ligada urilgan gollar soni bo‘yicha azaliy raqibi “Real” Madridni 1 ta golga ortda qoldirgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi