“Barsa” prezidenti Messining PSJga o‘tishini tasdiqladi
Sport
−
08 avgust 2021
4799Ispaniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta hujumchi Lionel Messining Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga o‘tishini tasdiqladi. Bu haqda “Tuttomercatoweb” nashri yozmoqda.
“Messi PSJga o‘tadi. Men uning “Barselona”da qolishini xohlardim, lekin bunday bo‘lmaydi. Men uning qolishi uchun qo‘limdan kelganini qildim”, deydi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni “Barselona” argentinalik forvard bilan tuzilgan shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qilgandi. Bunga Ispaniya chempionati reglamentida ko‘rsatilgan moliyaviy va tizimli to‘siqlar sabab bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Leo 2005 yildan buyon “Barselona” asosiy tarkibida o‘ynaydi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi iyun oxirida tugagan. Argentinalik futbol yulduzi Kataloniya klubi safida jami 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol va 305 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
LiveBarchasi