“Barsa” De Yong uchun “United”dan qancha pul so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angiliyaning “Manchester United” klubi “Barselona”ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yongni transfer qilish maqsadidan qaytganicha yo‘q. Faqatgina “qizil iblislar”ga “ko‘kanorranglilar” so‘rayotgan pul o‘ta qimmatlik qiladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Angliyaning grand klubi de Yongning narxini pasaytirilishini istamoqda. Ispaniya jamoasi de Yong uchun “United”dan 85 million yevro so‘ramoqda. “Qizil iblis”lar rahbariyati bu narxni “kosmik” darajada qimmat deb hisoblamoqda.

Qayd etish joizki, 2022-2023 yilgi mavsumdan boshlab inglizlar jamoasini niderlandiyalik futbolchi bilan “Ayaks”da birga ishlagan Erik ten Xag boshqaradi. Aynan ten Xag de Yong bilan shartnoma imzolashni “United” rahbariyatidan talab qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, de Yong 2019 yilning yozida “Barselona” futbolchisiga aylangandi. 25 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “Barsa” safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali niderlandiyalik iqtidor egasini 70 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing