“Barsa” Alvesh bilan shartnoma tuzmoqchi emas

Sport

image

“Barselona” sobiq futbolchisi Dani Alvesh Kataloniyaga qaytadi, biroq klub futbolchisi sifatida emas.

“Marca” nashri xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati braziliyalik futbolchi o‘z xizmatlarini jamoaga taklif qilganiga qaramay, u bilan shartnoma imzolamoqchi emas. Xavi boshchiligidagi murabbiylar shtabi yoshlar jamoasining futbolchilariga tayanmoqchi.

Qayd etilishicha, “Barselona” kelajakda Dani Alveshga jamoa boshqaruvidan ish taklif qilishga tayyor.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi 2008 yildan 2016 yilgacha “Barsa”da o‘ynagan. Bu vaqt ichida uch marta UEFA Chempionlar ligasi va olti marta Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, to‘rt bor Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar Dani Alvesh Joan Laporta Xavi Ernandes

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing