Barcha tuman va viloyatlarda “Chavandozlar maktabi” ochiladi
Jamiyat
−
01 iyul 2021
4761O‘zbekistondagi har bir viloyat va tumanda “Chavandozlar maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, har bir viloyat va tumanda “Chavandozlar maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Joylarda sport to‘garaklarini tashkil qilayotgan murabbiylarga inventar sotib olish uchun subsidiya ajratiladi, bo‘sh turgan binolar imtiyozli asosda ijaraga beriladi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston metallurgiya kombinatining “Yoshlik oromgohi” negizida yil davomida faoliyat yuritadigan Respublika iqtidorli yoshlar oromgohi ham tashkil etiladi. Bu maskanda yoshlarimiz yil davomida aniq fanlar bilan birga, badiiy adabiyot, tasviriy san’at va musiqa bo‘yicha ham bilim va malakasini oshiradi.
Shuningdek, kamida 100 nafar yoshlarni sportga muntazam jalb qilgan murabbiylarga byudjetdan oylik to‘lash tartibi joriy etiladi.
LiveBarchasi