Barcha chorak finalchilar ma’lum, qur’a esa 15 martda o‘tkaziladi

Sport

image

YeCHLning nimchorak final o‘yinlariga kecha yakun yasaldi. Oxirgi kun doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarda “Bavariya” o‘z uyida “Liverpul”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” “Kamp Nou” arenasida “Lion”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Mezbonlar fransuz klubi darvozasiga 5 ta gol kiritishdi.

Shunday qilib, CHL chorak finalga chiqqan 8 ta klub nomi to‘liq ma’lum bo‘ldi. Bular Angiliyaning to‘rt jamoasi: “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” va “Liverpul”, Ispaniyadan “Barselona”, Gollandiyadan “Ayaks”, Portugaliyadan “Portu”, va Italiyadan “Yuventus” klublari ishtirok etishadi.

Bu bosqichdan e’tiboran, Angliya jamoalari bir-birlariga raqib sifatida tushishlari mumkin. Qur’ada hamma jamoa bitta savatga joylashtiriladi. Marosim 15 mart kuni Shveysariyada o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, Aynan shu marosimda Yevropa ligasining chorak finaliga ham qur’a tashlanadi. Bu musobaqaning chorak finalchilari bugun tunda aniqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL EL

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing