“Barca” 2007 yildan beri birinchi marta YeCHLning chorak finaliga chiqa olmadi

Sport

image
0:00
0:00
download

Parijdagi “Park de Prens” stadionida “Barselona” va PSJ futbol klublari o‘rtasida Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finali javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi.

Parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe 30-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, “Barsa” darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, “Barselona” sardori Lionel Messi uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.

Joriy yilning 16 fevral kuni Kataloniyada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda PSJ mehmonda 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘sha o‘yinda Mbappe xet-trik qayd etgandi.

2017 yilda Kataloniya klubidan futbol tarixidagi rekord darajadagi 222 million evro evaziga transfer qilingan PSJ yetakchisi Neymar “Barselona”ga qarshi ikkala uchrashuvni ham o‘tkazib yubordi.

“Barselona” 2006/07 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqa olmadi. O‘shanda Ispaniya jamoasi Angliyaning “Liverpul”iga umumiy hisobda yutqazgandi (1: 2, 1: 0).


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing