Bankomatdan pul “uxlatmoqchi” bo‘lgan yigit qo‘lga tushdi

3-sahifa

−

image

Toshkent viloyati Olmaliq shahar hududidagi bankomatdan pul o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 12 fevral kuni soat taxminan 00:30 larda fuqaro B.Yu. Olmaliq shahar “Oydin” mahallasida joylashgan “Xalq banki”ga tegishli bankomatni o‘tkir tig‘li jism bilan buzib, ichidagi pullarini olishga uringan. U shu vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan ayblanuvchi B.Yu.ga nisbatan Olmaliq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi ("O‘g‘rilik") 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing