Banklarga $300 mln kredit ajratiladi – Prezident qarori

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi 

Qarorga ko‘ra, kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun banklarga 300 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi. Bunda:

•    kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;

•    banklar tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan, 2 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 5 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;

•    tadbirkorlarning faoliyat davri 6 oygacha bo‘lganda 1 milliard so‘mgacha, 6 oydan 1 yilgacha bo‘lganda 2 milliard so‘mgacha, 1 yildan 2 yilgacha bo‘lganda 3 milliard so‘mgacha, 2 yildan 3 yilgacha bo‘lganda 4 milliard so‘mgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi;

•    kredit liniyasi mablag‘larining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning ma’muriy markazlaridan va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit bank

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing