Banklarda dollar kursi kutilmaganda pasaydi
Jamiyat
−
18 mart 2022
92237Bugun, 18 mart kuni O‘zbekistondagi tijorat banklarida AQSH dollari kursi kutilmaganda pasaydi.
Bugun aksar banklar dollarni 11 550-11 570 so‘mdan arzonga sotmoqda. O‘z navbatida aholidan dollar 11 450 – 11 580 so‘mdan sotib olinmoqda.
Ahamiyatlisi, kecha tijorat banklari dollar kursini 11 630 so‘mdan sota boshlagandi va bugun kursning tushishi kutilmagandi. Negaki, Markaziy bank kecha rasmiy kurs 241,61 so‘mga ko‘tarilib, 11 571,99 so‘mga yetganini e’lon qilgan.
Avvalroq Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov mamlakatda xorijiy valyuta kursi keskin ko‘tarilib borayotgani yuzasidan tushuntirish bergani xabar qilingandi. Mas’ul so‘mning qadrsizlanishini xorijdan pul yuborish kamaygani bilan izohlagan.