Banklar yanvarda qancha daromad olgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston banklari 10,7 trln so‘mlik daromad oldi. Bu haqda Markaziy bank saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yanvarda foizli daromadlar 6,2 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, foizsiz daromadlar 4,5 trln so‘m bo‘lgan.

Shuningdek, foizli xarajatlar 3,9 trln so‘m, foizsiz xarajatlar esa 758 mlrd so‘m bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, banklar yanvarda 1 trln so‘m sof foyda ko‘rgan. Bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 258 mlrd so‘mga ko‘proq.

Bundan tashqari, banklar 280 mlrd so‘mlik foyda solig‘ini to‘lagan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 110 mlrd so‘mga ko‘p. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 fevral kuni Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistondagi bir necha tijorat banklariga ogohlantirilish berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing