Bank “Mercedes-Benz”ni qarzdorlik sabab “tortib oldi”

Olam

image
0:00
0:00
download

Toshkentda "Mercedes-Benz" avtomobili 4,3 milliard so‘mlik qarzdorlik sabab bank foydasiga xatlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xabar qildi.

Qayd etilishicha. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 21 yanvardagi ijro varaqasiga asosan Ipoteka bank ATB foydasiga qarzdor “L.S.W.” MCHJdan 4 milliard 358 million 418 ming 221 so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Qarzdor korxona bank oldida turgan katta miqdordagi kredit qarzini qoplamaganidan so‘ng Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Rajabov tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Shundan so‘ng jami 4,3 milliard so‘m miqdordagi kredit qarzi uchun garovga qo‘yilgan "Mercedes-Benz" 221W transport vositasi xatlab olinib, onlayn auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Shahboz Abdusattorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

533

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing