Bank xodimlari mijozlarni 86 million so‘mga chuv tushirdi

Jamiyat

image

Namanganda bank xodimlari xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqarolarning pullarini o‘zlashtirdi. Bu haqda Kiberxavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi bir guruh fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, ularning bank kartasidan jami 86 million so‘mdan ortiq pullar noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganligini bildirgan. Shuningdek, shahar ichki ishlar bo‘limidan holatga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxslar Namangan shahrida yashovchi bank xodimi U.A. va uning ish o‘rganuvchisi O.A. birgalikda amalga oshirgani aniqlangan.

Jinoyatchilar xizmat mavqeidan foydalangan holda mijozlar tomonidan ishonib topshirilgan bank kartalarini yangilab berish vaqtida bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan  U.A. va O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing