Bank kartalaridan qariyb 1 mlrd so‘m o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Zararli viruslar orqali fuqarolarning bank kartalari ma’lumotini olib, 1 mlrd so‘mga yaqin pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, guruh a’zolari Telegram messenjerida Android telefonlar uchun APK kengaytmali virusli dasturlar orqali telefon qurilmalaridagi SMS-xabarlarni o‘qish, kontakt, qo‘ng‘iroqlar tarixi va boshqa ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, bank kartalaridagi pullarni o‘g‘irlagan. Tezkor tadbir davomida ularning turli davlat fuqarolari ekani, Telegram’da yashirin guruh ochib, unda faol ishlagani ma’lum bo‘lgan.

Guruhda virusli dastur o‘rnatib olgan fuqarolarning bank karta ma’lumotlari hamda bog‘langan sms tasdiqlash kodlari mavjudligi aniqlangan. Shu bilan birga ushbu shaxslarning telefon qurilmalari ko‘zdan kechirilganda 177 ta bank kartasidan 1 mlrd so‘mga yaqin pul o‘g‘irlangani, ushbu firibgarlik call-markaz orqali boshqarilgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur jinoiy guruhning mamlakatdagi boshqa a’zolari doirasini aniqlash uchun tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida istiqomat qilib, odamlarning pulini ko‘paytirib berish bilan aldab, ularning pulini o‘zlashtirib olgan yigit Toshkent shahrida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram jinoiy guruh SMS-xabar virusli dasturlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing