Banan va ananas kabi mevalar importi bojxona bojidan ozod qilindi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2021
5808O‘zbekistonda avokado, mango, kivi va boshqa mevalar bojxona bojidan ozod qilindi. Bu haqda hukumat tomonidan qabul qilingan “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 1 maygacha quyidagi tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi:
● bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan) – TIF TN kodi 0803;
● yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya – TIF TN kodi 0804;
● yangi yoki quritilgan sitrus mevalar – TIF TN kodi 0805;
● yangi papayya – TIF TN kodi 0807 20 000 0;
● yangi olma, nok va behi – TIF TN kodi 0808;
● kivi – TIF TN kodi 0810 50 000 0.
Shuningdek, qaror bilan go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirish, ularni sotish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr