Bakuda tilanchi onaxon topgan bor pulini Turkiyaga xayriya qildi
Bu qiziq
−
13 fevral 2023
11374Ozarbayjon poytaxti Bakuda yashovchi Sakina Karimova epimarkazi Turkiyaning Qahramonmarash shahrida bo‘lgan fojiaviy zilzila qurbonlariga yordam berish uchun so‘nggi pulini ayamadi. 67 yoshli Karimova og‘ir moliyaviy ahvolga qaramay, qardosh yurt aholisiga yordam qo‘lini cho‘zdi.
Ayolning aytishicha, uning o‘zi g‘amxo‘r fuqarolarning sadaqasi hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlansa-da, Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam berayotganiga achinmaydi.
Keksa ayol bir necha kundan beri jamg‘argan 50 manat (taxminan 29,4 AQSH dollari) pulini “Anadolu” muxbiriga topshirib, Turkiya gumanitar tashkilotlari hisobiga o‘tkazishni so‘radi.
Sakina Karimovaning xayriya mablag‘lari Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi hisobiga o‘tkazilgan.
Karimova jurnalistlarga Turkiyadagi falokat zonasidan olingan kadrlarni ko‘rganida kuchli his-tuyg‘ularni boshdan kechirganini ma’lum qilgan.
“Men juda ko‘p yig‘ladim. Qalb, ayniqsa, bolalar uchun og‘riydi. Qandli diabetim va qon bosimim ko‘tarildi. Juda og‘ir ahvolga tushdim. Men bu pulni ular uchun yig‘ayotgan edim va uni yuborishda yordam berishingizni so‘rayman. Men qila oladigan yagona narsa shu”, deydi ayol.
Ko‘plab boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi Ozarbayjon fuqarolari bir haftadan beri Turkiyada jabrlanganlar uchun yordam yig‘moqda. Aholining barcha qatlamlari vakillari o‘z hissalarini qo‘shishga, qardosh xalqni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda.
LiveBarchasi