Baku Yerevanga 146 o‘lik askarni topshirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjon sentyabr oyida ikki davlat chegarasidagi vaziyat keskinlashuvi oqibatida halok bo‘lgan 146 nafar arman harbiylarining jasadlarini bir necha bosqichda Armaniston tomoniga topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ayxan Hojizoda Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. 

“Ozarbayjon 12-14 sentyabr kunlari chegaradagi jangovar harakatlar paytida halok bo‘lgan arman askarlari qoldiqlarini qidirishni davom ettirmoqda. Hozirgacha 146 nafar askarning jasadi Armanistonga topshirildi”, deb yozadi Hojizoda. 

Qayd etilishicha, jasadlarni topshirish jarayonidan oldin Ozarbayjon harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirokida ular ko‘zdan kechirilgan va zo‘ravonlik belgilari topilmagan. 

Joriy yilning 13 sentyabriga o‘tar kechasi Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlari mamlakatning aholi punktlarini o‘qqa tutganini ma’lum qildi. Bakuning qayd etishicha, bu Yerevanning provokatsiyalariga javobdir. Keyinroq Ozarbayjon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarga erishgani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing