Baku rossiyalik harbiylar joylashtirilgan zonadagi provokatsion voqealardan xavotirda

Olam

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidagi rossiyalik harbiylar vaqtinchalik joylashtiriladigan zonaga harbiy texnika yetkazib berilmoqda. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni Bakuda bo‘lib o‘tgan “Vatan urushi tajribasi” mavzusidagi anjumanda Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari Jayhun Shadlinskiy ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu zonada turli provokatsion tadbirlar tashkil etilishi ham tashvish uyg‘otmoqda. 

Shadlinskiyning tushuntirishicha, Armanistondagi ayrim revanshist kuchlar Yerevan va Baku o‘rtasidagi muloqotga zarba berish urinishlaridan voz kechmayapti. 

Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati vakili Eronning Ozarbayjonga qarshi razvedka va qo‘poruvchilik faoliyati mavzusiga to‘xtaldi. 

U Baku bu yo‘nalishda barcha zarur choralarni ko‘rayotganiga ishontirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing