Baku markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor 

Olam

image

Ozarbayjon poytaxti Baku markazidagi “LocationBaku” tungi klubida bugun, 3 aprel kuni portlash yuz berdi. Halok bo‘lganlar va yaradorlar bor, deb yozmoqda “haqqin.az”.  

Portalga ko‘ra, muassasa ikki hafta oldin ochilgan. 

“Dastlabki taxminga ko‘ra, portlash gaz sizib chiqishi natijasida sodir bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligi xodimlari voqea joyida ishlamoqda. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Halok bo‘lganlar va yaradorlar soni aniqlanmoqda”, deydi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ehsan Zahidov. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining aniqlik kiritishicha, 24 nafar yarador – 13 erkak va 11 ayol tez yordam mashinalarida Bakudagi shifoxonalarga yetkazilgan. Ularning aksariyatida kuyish jarohatlari bor. 

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tungi klubda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘lgan”, degan tez yordam xodimlari. 

Hodisa joyiga shahar hokimi Eldar Azizov va Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Etibar Mirzoyev yetib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon portlash

Baholaganlar

446

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing