“Baxtni sotib ololmaysan”. 25 yildan keyin topilgan yigit milliarder ota-onasini tashlab, haqiqiy oilasiga qaytdi

Bu qiziq

image_2023-02-13_17-47-32

Bolaligida o‘g‘irlab ketilgan va milliarderlar oilasi tomonidan asrab olingan xitoylik fuqaro 25 yildan so‘ng millioner ota-onasini topdi va asrab olgan oilasini tashlab, ularga qaytishga qaror qildi. Bu haqda SCMP xabar berdi.

Gap shundaki, xitoylik Mey Chjigian ikki yoshida o‘g‘irlab ketilgan. U Yunnan provinsiyasidagi uyi oldidan olib qochilgan. Chjigianning ota-onasi, Szyansu provinsiyasidan kelgan muhojirlar – Mey Syanxua va Pan Chan ko‘p yillar davomida uni topishga astoydil harakat qilgan. Oila, jumladan, o‘g‘irlangan bolaning katta opasi va ikki ukasi uni eslab, har yili tug‘ilgan kunini nishonlashardi. Ota-onasi bir kun qaytib keladi, degan umidda unga uy sotib olgan. 

Qidiruv 2022 yil iyun oyida muvaffaqiyatli yakunlandi. Oilaning do‘sti, ya’ni 12 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan o‘g‘lini qidirayotgan Du Syaoxua ularga Chjigian bilan DNK mosligini topishga yordam bergan. Ma’lum bo‘lishicha, u Futszyan provinsiyasida badavlat ota-onalar bilan yashagan. Chjigianning aytishicha, uni boshqa oila odam savdogarlaridan sotib olgan, biroq keyinchalik u juda kichik va ozg‘in bo‘lgani uchun tashlab ketgan.

Keyin uni milliarder oila asrab olgan. Yigit ikki opa va bir ukasi bilan katta bo‘lgan. Ularning barchasi uni asrab olgan er-xotinning biologik farzandlari edi. Chjigian har doim o‘zini ularning haqiqiy o‘g‘li emasligini his qilgan. U maktabni tugatgandan so‘ng o‘qishga kirmagan va darhol uni asrab olgan ota-onasiga tegishli shifoxonada ishlay boshlagan. Ular uning universitetda o‘qishini foydasiz deb hisoblagan.

Chjigianning o‘z oilasi asrab olgan oilasiga nisbatan oddiyroq edi. Topilgan yigit o‘zining oilasida begonadek his qilmasligini aytgan. U oddiy hayot kechirishni istashini aytib, baxtni pulga sotib ololmasligini ta’kidlagan va haqiqiy oilasiga qaytgan. Hozir Chjigian uning biologik ota-onasiga tegishli bo‘lgan mehmonxonalar uchun mahsulot yetkazib beruvchi kompaniyada ishlaydi. Oqsoqol Mey katta o‘g‘liga biznesni boshqarishni o‘rgatishini va oxir-oqibat kompaniyani unga topshirishini aytgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu voqeaga iliq munosabat bildirishdi. Ular uning biologik ota-onasi bilan qolish qarorini tushunishlarini aytishgan. 

“Asrab olgan oilasi milliarderlar, xo‘sh, nima bo‘pti? Uning bolaligi baxtli o‘tmagan. Endi u o‘z baxtini topganidan xursandman”, deydi ulardan biri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing