Baxtiyor Saidov “Tolibon” vaziri bilan gaplashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 2 noyabr kuni Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

“Suhbatimiz chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashdik. Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga oid o‘zaro sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik”, deb yozadi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.

Bildirilishicha, suhbat davomida muloqot va diplomatiya mavjud chaqiriqlarga yechim topishda hamda o‘zaro tushunishni mustahkamlashning eng samarali vositasi ekani alohida ta’kidlangan.

Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy Afg‘oniston hukumati mintaqadagi diplomatiya va tushunishga ustuvor ahamiyat berayotganini ta’kidlagan va barcha qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro hurmat, aralashmaslik va konstruktiv aloqalar asosida munosabatlar o‘rnatishni xohlayotganini aytgan. U, shuningdek, O‘zbekiston kabi mintaqadagi davlatlar bilan ijobiy munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan va har qanday aralashuvdan ko‘ra, tushunish, iqtisodiy hamkorlik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash zarurligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston Tolibon Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing