Baxtiyor Saidov Abbos Aroqchi bilan gaplashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Saidov Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Ma’lum qilinishicha, aloqa davomida mintaqaviy xavfsizlik va dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgan, xalqaro huquq normalariga muvofiq, barcha masalalarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda aloqalarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.

Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi yaqin muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktubini Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudga topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Baxtiyor Saidov Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing