“Baxti Tashkentskiy” ishi ortidan qo‘lga olingan Jumaniyozova qo‘yib yuborildi...mi?
3-sahifa
−
23 may
20982“Dolzarb 40 kunlik” doirasida qo‘lga olingan yagona ayol gumonlanuvchi Nargiza Jumaniyozova qo‘yib yuborilgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ ushbu ma’lumotni aniqlash maqsadida Ichki ishlar organlaridagi manbasi bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, Jumaniyozovaning qo‘yib yuborilgani haqidagi gaplar haqiqatdan yiroq. Aksincha, ayni vaqtda unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanib, ish hujjatlari sudga yuborilmoqda.
QALAMPIR.UZ’ga oid ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt Toshkentdagi “GIZA” go‘zallik saloni rahbari bo‘lgan Nargiza Jumaniyozova tovlamachilikda ayblanmoqda va uning ishi jinoiy olamda “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev ishi doirasida tergov qilingan.
Jinoyat ishi ochilgani va Jumaniyozovaning qo‘lga olingani haqida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tarqatilgan dastlabki ma’lumotlarda Jumaniyozova Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgani aytilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, "Baxti Tashkentskiy" va unga aloqador bo‘lgan 30 dan ortiq kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish tergovi tugatilib, ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi