“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida sudlanganlardan biri vafot etdi (video)
3-sahifa
−
20 iyul
21192“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida 8 yil-u 2 oyga qamalgan Shukurali Qurbonov vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Kecha, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida mazkur ish doirasida sudlanganlarga hukm o‘qilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, 60 yoshli Shukurali Qurbonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq sud Baxtiyor Qudratullayevni 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, uning akasi Shuhrat Qudratullayevga 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, o‘g‘illari Bekzod Zafarov va Ixtiyor Qudratullayevga 11 va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish, mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Jumaniyozovani esa 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi