Baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika baxshichilik san’ati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Termiz shahridagi 21-son baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati tashkil etildi.

Maktab-internatga qabul 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida baxshichilik va dostonchilik ta’limi yo‘nalishi tashkil etiladi.

Qaror bilan, Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, baxshi-shoir,oqinlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Baxshichilik san'ati

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar