Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi. 

Ma’lumot uchun, quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:

  • Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha);
  • professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha);
  • xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha);
  • xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha).

Bundan tashqari, vazirlik ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirilib, inobatga olinishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlangandi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining 2024/2025 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bakalavr turdosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing