Bag‘dodda terakt sodir etgan jangari yo‘q qilindi
Olam
−
03 fevral 2021 3568 1 daqiqa
Iroqdagi xalqaro koalitsiya samolyotlari yanvar oyida Bog‘doddagi bozorga qilingan hujum uchun javobgar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Iroq Bosh vazirining harbiy ishlar bo‘yicha vakili general Yahyo Rasul ma’lum qilgan.
“Xalqaro koalitsiya samolyotlari terrorchilar qayerda ekanligi to‘g‘risida ma’lumot oldi. Bag‘dodning g‘arbiy qismida joylashgan Abu Greyb hududiga havo hujumi uyushtirilib, Iroq janubida jangarilarga rahbarlik qilgan terrorchi Jabbar Ali Fayyod o‘ldirildi”, deb yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroq poytaxti Bag‘doddagi bozorda 2 jangari o‘zini portlatgandi. Oqibatda kamida 28 kishi halok bo‘lgan va yana 73 kishi jarohat olgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr