Bag‘dodda dahshatli terakt: portlash oqibatida salkam 30 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Iroq poytaxti Bag‘doddagi bozorda o‘z joniga qasd qilish maqsadida 2 kishi o‘zini portlatgan. Oqibatda kamida 28 kishi halok bo‘lgan va yana 73 kishi jarohat olgan.

Iroq armiyasi vakilining aytishicha, Bob ash-Sharqi hududidagi Tayaran maydonida joylashgan kiyim-kechak bozorida xudkushlar o‘zini portlatgan. Unga ko‘ra, maxsus xizmat zobitlari xudkush-terrorchilarni ta’qib qilgan, ammo ular zararsizlantirishdan oldin portlashni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Iroq poytaxtida so‘ngi marta 2018 yil yanvarida terrorchilar tomonidan terakt uyushtirilgan edi.

Ayni paytda terroristik guruhlarning hech biri hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, ammo so‘nggi yillarda “Islomiy davlat” terroristik guruhi a’zolari Iroqda boshqalardan ko‘ra faolroq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing