O‘zbekiston mahsulotlari Turkiya va Eronga potensial raqobatchi. Davron Vahobov bilan suhbat

Biznes

Joriy yilning 1-7 fevral kunlari Iroqning Bag‘dod shahrida an’anaviy “Baghdad InternationalFair” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda va ushbu ko‘rgazmada birinchi marta “Made in Uzbekistan” mahsulotlari ishtirok etmoqda. QALAMPIR.UZ ushbu tadbirni bevosita yoritdi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovga ko‘ra, O‘zbekistondan 200 nafar tadbirkor kelgan. Har kuni kechqurun sohalar kesimida norasmiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlarning 50-60 foizi tajriba, til bilish, marketing nuqtai nazaridan o‘zlari erkinravishda hamkor topmoqda.  

“Iroqda yiliga 1 mln 250 ming odam tug‘ilmoqda va odamlarning to‘liq qobiliyati, yeyish, uy-joy sotib olish salohiyati baland. Mamlakat tiklanmoqda”, deydi u.

Qayd etish kerakki, Iroqning yalpi ichki mahsuloti 250 mlrd dollardan ortiq, importi 90 mlrd dollardan ziyod. Mamlakatning import salohiyati qo‘shni respublikalariga qaraganda ham ancha yuqori. 

“Iroqlik tadbirkorlar asosan ikkita davlatga bog‘lanib qolganini aytyapti. Ularga alternativ mahsulot yetkazib beradigan hamkor kerak va shu nuqtai nazardan O‘zbekiston bunga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda esa Iroqning asosiy hamkorlari: Turkiya, Xitoy va Eron, ammo masofa uzoq. Turkiya bizdan 30 foiz qimmat, Eron bilan moliyaviy sanksiyalar mavjud”, deydi Vahobov.

Qo‘shimcha qilinishicha, Iroqqa mahsulotlarni yetkazib berish eng tez – 12 kunlik. O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Iroq marshrutida 3-4 mingAQSH dollari atrofida bo‘ladi. 

Ushbu reportajni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube-kanalida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

bozor Bag'dod biznes o'zbek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing