Bag‘dod aeroportiga oltita raketa uchirildi 

Olam

image

Bag‘dod xalqaro aeroporti kecha, 28 yanvar kuni raketa hujumiga uchradi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, aeroportga oltita raketa uchirilgan. Barcha snaryadlar uchish-qo‘nish yo‘lagi va aeroport binosi yaqiniga tushgani aytilmoqda. Iroq xavfsizlik kuchlari matbuot xizmatining tushuntirishicha, hodisa natijasida turargohda bo‘lgan Iraqi Airways kompaniyasiga tegishli ikki fuqarolik avialayneri shikastlangan. Voqea yuzasidan chuqur tergov olib borilmoqda. 

Shuningdek, Bag‘dodning g‘arbidagi Abu-G‘rayb hududida allaqachon o‘qqa tutilgan raketa va uchirilish uchun tayyorlangan uchta raketa topilgan. Bayonotda bu hujum “Hukumatning Iroqning mintaqadagi rolini tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlariga putur yetkazishga qaratilgan terrorchilik harakati” deb atalgan. Hujum uchun ba’zi “terrorchi to‘dalar” mas’ulligi aytilgan. 

O‘z navbatida, Iroq havo yo‘llari hodisa Bag‘dod aeroporti ishiga ta’sir qilmagani, ichki va xalqaro reyslar odatdagidek amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Iroq aeroport

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing