Babayan yana bosh murabbiylikka qaytdi 

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

U “lochinlar” bosh murabbiyi Viktor Jalilovga yordamchi sifatida ishlab kelayotgan edi. Shu tariqa Namangan jamoasi 2022 yilgi mavsumni Samvel Babayan murabbiyligi ostida boshlaydi. 

Ma’lumot uchun, Babayan murabbiylik faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” klubida boshlagan. 2002-2014 yillar oralig‘ida vitse-prezident, 2014-2015 yilgi mavsumlarda esa menejer sifatida faoliyat olib borgan. Keyinroq u Latviyaning “Spartak” va Toshkentning “Lokomotiv” va Xitoyning “Chanchun Yatay” klublarida ishlagan. 

2015-2017 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan va “oq bo‘rilar”ni Jahon chempionati saralash bahslarining so‘nggi bosqichiga qadar olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Navbahor Babayan Viktor Jalilov

Baholaganlar

634

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing