BAAdagi osmono‘par bino alanga ichida qoldi (video)

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida osmono‘par binoda yirik yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda “Khaleej Times” xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bino alanga ichida qolganini ko‘rish mumkin. Yong‘in Abbco nomi bilan mashhur bo‘lgan 48 qavatli turar-joy  binosida yuz bergan. Yong‘in 8-qavatdagi kvartira oshxonasida kelib chiqqan.

Yong‘in sabab atrofdagi 5 ta binodagi odamlar evakuatsiya qilingan. Hodisada halok bo‘lganlar va binoda qancha odam qolgani haqida ma’lumot yo‘q. Hozircha 7 kishi jarohatlangani, ularning 2 nafari shifoxonaga yotqizilgani ma’lum. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, binodan baqirgan ovozlar eshitilyapti.

Hozirda voqea joyida yong‘in o‘chirish xizmati va tibbiyot xodimlari ish olib boryapti.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in BAA

Baholaganlar

339

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing