BAA Prezidenti vafot etdi
Olam
−
13 may 2022 20790 1 daqiqa
Bugun, 13 may kuni Birlashgan Arab Amirlarining Prezidenti Xalifa ibn Zaid ibn Sultan Al-Nahayon 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Xalifa ibn Zaid ibn Sultan Al-Nahayon Amirlikning ikkinchi Prezidenti hisoblanadi. U 2004 yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgandi.
Xalifa ibn Zaid ibn Sultan Al-Nahayon 2004 yil 3 noyabrda otasi vafotidan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarining ikkinchi Prezidenti bo‘ldi. Uning boshqaruv siyosati g‘arbparast, islohotga yo‘naltirilgan siyosat sifatida baholanadi.
“Forbes” jurnalining 2008 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, u 15 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy odamlardan biri bo‘lgan va uning oila a’zolarining boyligi 150 milliard dollarga baholangan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr