BAA kompaniyasi O‘zbekistonda yirik shamol elektrostansisiyani quradi

Jamiyat

image

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri hisoblangan “Masdar” (BAA) kompaniyasi Navoiy viloyatida quvvati 500 MVtga teng bo‘lgan dunyodagi eng yirik shamol elektrostansiyalaridan birini quradi.

Amirliklardagi kompaniya va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasidagi investitsiya bitimini imzolash marosimi kecha, 8 iyun kuni bo‘lib o‘tdi, unga ko‘ra “Masdar” kompaniyasi shamol elektrostansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni ta’minlaydi.

Bu mazkur kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik loyiha – “Masdar” o‘tgan yilning oktyabr oyida davlat - xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektro stansiyasini qurish bo‘yicha tender savdolarida g‘olib deb e’lon qilingan edi. Mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli shartnomalar 2020 yilning yanvar oyida imzolangan edi.

Shamol elektrostansiyasi qurilishi va kelgusida undan foydalanilishi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, shamol elektrostansiyasi yiliga 500 000 dan ortiq uy xo‘jaliklari iste’moliga teng bo‘lgan 1,9 gVt/s maqbul va arzon elektr energiyasini ishlab chiqarish hisobiga respublika energiya muvozanatini diversifikatsiya qiladi va mustahkamlaydi.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiiy gaz hajmini (yiliga 175 mln kub. metrgacha) eksportga va sanoat korxonalarining ehtiyojlariga yo‘naltirish uchun kamaytiriladi hamda - juda muhim jihati - atmosferaga karbonat angidrid chiqarib tashlashni sezilarli darajada kamaytiradi (yiliga 1,1 mln tonnaga).

Qurilish ishlarini joriy yilning oxirigacha boshlab, birinchi navbatdagi generatsiya quvvatlarini (250 MVt gacha) 2022 yilning o‘rtalarida va barcha quvvatlarni 2023 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing