Ba’zida Xolandga hasad qilaman - Gvardiola

Sport

image

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hazil tarzida jamoasi hujumchisiga hasad qilishini aytdi. 

Norvegiyalik hujumchi raqiblarning gollariga shunchalik tez javob qaytaradiki, ba’zida "Man Siti"dagi barcha uning soyasida qolib ketadi. "Menga Xolandning har bir o‘yinda uchtadan gol urishi - uni barcha o‘yinlarda asosiy planga olib chiqishlari yoqmaydi. Ana shunday paytlarda Erlingga juda hasad qilaman!" deydi ispaniyalik mutaxassis.

Erling Xoland "Manchester Siti"ga kelganidan beri 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi. 22 yoshli norvegiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasi o‘yinlarida, jumladan, "Kristal Pelas", "Nottingem Forest" va "Manchester Yunayted" klublari bilan bahsda xet-trik qayd etdi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing