Bahsning brazilcha yechimi: shahar meri va deputat oktagonda jang qildi (video)

Olam

image

Braziliyaning Borba shahri meri Simao Peyshoto o‘zining sobiq maslahatchisi, hozirda mamlakat parlamenti deputati Erineu da Silva bilan aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha mushtlashdi.

Siyosatchilar o‘rtasidagi mushtlashuvga shahar bog‘i taqdiri haqidagi bahs sabab bo‘lgan. Silva shahar merini parkni saqlab qola olmagani uchun qattiq tanqid qilgan, shundan so‘ng Peyshoto jangga tayyorligini ko‘rsatib, kaftiga musht tushirgan videoni e’lon qilgan.

Saylovchilarni tanqid qilgan Peyshoto Da Silva bilan faqat ringda tashkillashtirilgan duyelda jang qilishini aytgan, shundan so‘ng uni jangga chorladigan. Deputat taklifni qabul qilgan.

Jang mahalliy maktab sport zalida bo‘lib o‘tgan va jonli efirda namoyish etilgan. Braziliyaning “Metropoles” yangiliklar portalining Twitter’dagi sahifasida jangning videotasviridan bir parcha joylashtirildi.

Raqiblar ringda uch raund o‘tkazishdi. Jang yakunida Peyshoto ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozondi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

373

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing